Kursda talabalar axborot tizimlari haqida tushuncha, axborot tizimlarining qurilma va dasturiy ta'minoti, operatsion tizimlar va ularning turlari, kompyuter tili, ko'p foydalaniladigan dasturlash tillari va ular foydalaniladigan yo'nalishlar, dasturchilar turlari va ularning vazifasi, ma'lumotlar bazasini boshqarish, tarmoq texnologiyalari, simsiz va mobil aloqalar, bulutli hisoblashlar tushunchasi va turlari, sun'iy intellekt, internet ashyolari va blokchain texnologiyalari haqida talabalarga qisqa va aniq tushuncha beradi.