Fanning maqsadi talabalarda ijodga qiziqishini uyg‘otish.; vazifasi bo‘lajak mutaxassislarda konstruktiv kompetensiyani sub’ektiv tajriba sifatida tarbiyalash, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, borliqni ko‘rib-kuzatib to‘g‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, tasvirlash uchun qo‘l, ong va sezgi organlarini shakllantirish, nazariy va amalliy bilimlarni kengaytirish tasviriy va amaliy san’at fanidan о‘zlashtirgan nazariy va amaliy bilimlarini ta’lim va tarbiya berishda tadbiq etishga tayyorlash, tasviriy amaliy kо‘nikmalarni shakllantirish hamda bo‘lajak pedagoglarni tasviriy san’at asoslariga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi. Tasviriy san’at asosi bo‘lgan rangtasvir tarixi, rivojlanishi, tasviriy san’at qonun-qoidalari, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini pedagogik jarayonga puhta tayyorlashda fanlar ahamiyatini kasb etadi. Fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba tasviriy san’atda murakkab rangtasvir asarlarini ishlashda kompozisiya qonunlari, hajm, perspektiva, ufq chizig’i, soya, yorug‘ qonuniyatlari, rang turlari, bo‘yoqlarni aralashtirish texnikasi, bo‘yoq turlari va ulardan foydalanish kabi tasavvur va bilimlarga ega bo‘lishi barcha kasbiy fanlar qatorida bo‘lajak o‘qituvchi-rassomlarni tayyorlashda asosiy mezon hisoblanib, u bakalavrga nazariy va amaliy mashg’ulotlar orqali olib boriladi